Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 8 yanvar kuni «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2017 yil 14 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma'qullangan. Rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran ön ikki oy ötgaç kuçga kiruvçi qonunning maqsadi ma'muriy tartib-taomillarni amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat. Uşbu Qonunning asosiy vazifalari ma'muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaşdan iboratdir.
Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor şaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, şu jumladan litsenziya, ruxsat beriş, röyxatdan ötkaziş tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini körsatiş bilan boğliq boşqa tartib-taomillarga, şuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boşqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Uşbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlaş va qabul qiliş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni undiriş, davlat xizmatini ötaş, referendumlar, saylovlar ötkaziş, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, şuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, suriştiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov çoralarini qöllaş bilan boğliq bölgan boşqa faoliyat, sud işini yuritiş, ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritiş sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ma'muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; mutanosiblik; işonçlilik; tinglaniş imkoniyatining mavjudligi; ma'muriy tartib-taomillarning oçiqligi, şaffofligi va tuşunarliligi; manfaatdor şaxslar huquqlarining ustunligi; byurokratik rasmiyatçilikka yöl qöyilmasligi; mazmunan qamrab oliş; ma'muriy iş yuritişning «bir darça» orqali amalga oşirilişi; teng huquqlilik; işonçning himoya qilinişi; ma'muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi; tekşiriş.
Qonuniylik prinsipi - ma'muriy tartib-taomillar Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, uşbu Qonun va boşqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oşirilişi kerak.
Mutanosiblik prinsipi - ma'muriy iş yuritiş jarayonida jismoniy va yuridik şaxslarga körsatiladigan ta'sir çoralari ma'muriy organ tomonidan közlangan qonuniy maqsadga erişiş uçun mos va yetarli bölişi hamda manfaatdor şaxslarga imkon qadar qiyinçilik tuğdirmasligi kerak.
Işonçlilik prinsipi - ma'muriy iş yuritiş davomida manfaatdor şaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar töğrisidagi hujjatlar va ma'lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar işonçli hisoblanadi. Manfaatdor şaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlarning haqiqiyligiga şubha paydo bölgan taqdirda, ma'muriy organ ularning işonçliligini mustaqil ravişda va öz hisobidan tekşiriş uçun çoralar köradi. Ma'muriy iş yuritiş davomida manfaatdor şaxslardan ular taqdim etgan hujjatlarning yoki ma'lumotlarning işonçliligini tasdiqlovçi qöşimça materiallar talab qiliş, agar qonunda bunday talab belgilanmagan bölsa, taqiqlanadi.

















