Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma'lum qilindi
Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshgan.
Foto: uznews.uz
O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 9 oyda 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma'lumot berilmoqda.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga (4,3 mlrd dollar) nisbatan 34,2 foizga, 2019 yilning mos davriga (4,5 mlrd dollar) nisbatan esa 29 foizga o‘sgan.
2021 yilning dastlabki 9 oyida eksport hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga o‘sgan. Iqtisodiy faollikning jadallashishi va asosiy iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishi sharoitida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sib, pandemiyadan oldingi darajaga yetgan.
Shuningdek, asosiy savdo-hamkor davlatlar (Turkiyani hisobga olmaganda) milliy valutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin o‘zgarishlar kuzatilmagani, real samarali almashuv kursi bo‘yicha tafovutni yuzaga keltirmagan.
Mavzuga oid
18:10 / 28.03.2026
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
16:44 / 28.03.2026
Markaziy bank hisobvaraqlar o‘rtasida A2A o‘tkazmalarni ishga tushirdi
16:34 / 28.03.2026
“Kartani to‘ldirish komissiyalarini Markaziy bank tartibga solmaydi” - Nodir Saydullayev
13:16 / 26.03.2026