Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Palma orolida bir oydan beri otilayotgan vulqonning bir qismi o‘pirilib tushdi
Kanar orollari tarkibiga kiruvchi Palma orolida navbatdagi kuchli zilzila yuz berdi. Uning magnitudasi 4,9 ballni tashkil qilgan va u orolda oxirgi oylarda yuz bergan eng kuchli zilzila bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida orolda bir oydan beri otilayotgan Kumbre-Vexa vulqonining bosh konusi qisman o‘pirilgan.
Foto: El Pais
El Pais nashrining xabar berishicha, tabiiy ofat oqibatida talafotlar va jabrlanuvchilar borligi ma'lum qilinmagan.
Orolda oxirgi 1,5 oy ichida bir necha ming yer silkinishi yuz berdi. Jumladan, 23 oktyabrda ham bir nechta yer silkinishi qayd qilingan va ulardan o‘ndan ko‘prog‘ining magnitudasi 3 balldan oshgan. Buning oqibatida orolda bir oydan ko‘proq vaqtdan beri vulqon otilishi tinmayapti. Orolda 1,5 ming bino vayron bo‘lgan va u yerdan 7 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid
19:12 / 18.10.2025
Eronda 700 ming yil avval so‘ngan vulqon «uyg‘ondi»
16:52 / 03.08.2025
Kamchatkada 500 yil ichida birinchi marta Krasheninnikov vulqoni otilishni boshladi
20:29 / 02.06.2025
Italiyadagi Etna vulqoni yana otilishni boshladi
19:29 / 26.05.2025