O‘zbekiston | 07:51 / 25.10.2021
6587
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim vazirligi talabalar 3 haftalik ta'tilga chiqishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda talabalar 25 oktyabrdan 3 haftalik ta'tilga chiqishi haqidagi turli xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rasmiy ma'lumot berdi.

Foto: edu.uz

Vazirlik axborot xizmati xabarida ma'lum qilinishicha, ushbu xabar hech qanday asosga emas. Ma'lumotda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari feyk (yolg‘on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqirilgan.

«Hurmatli fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yolg‘on xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga («Yolg‘on axborot tarqatish») ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiramiz», deyiladi xabarda.

Avvalroq, akademik ta'til olgan talabalar o‘qishini sirtqi, kechki, onlayn shaklga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘lishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid