Qayd etilishicha:

  • qaramog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;
  • sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;
  • sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan homilador ayol talabalar; 
  • chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;
  • harbiy xizmatni o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko‘rsatgan talabalar akademik ta'til olishlari mumkin bo‘ladi.  

O‘tgan davrdagi akademik ta'tildan hozirgisining farqi - talaba o‘qishdan chetlatilmaydi. 

Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta'til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma'lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.