Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda eng qimmat avtomobil raqami sotuvga qo‘yildi
Foto: opensea.io
AQShda OpenSea kriptovaluta onlayn-maydonchasida Kaliforniya shtatida ro‘yxatga olingan avtomobil raqami sotuvga qo‘yildi. Ayni vaqtda raqamning narxi 24 mln 600 ming dollardan oshib ketdi.
Avtomobil raqamida bor-yo‘g‘i ikkitagina belgi bor bo‘lib, U “MM” ko‘rinishiga ega. Raqam unga nisbatan ancha arzon turadigan McLaren 765 LT avtomobiliga o‘rnatilgan. Ushbu avtomobil 360 ming dollar atrofida turadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Kaliforniyada hozirda 35 mlndan ko‘proq avtomobil raqami ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ular orasida ikkita belgiga ega raqamlar noyob hisoblanadi va qimmat turadi. Ayniqsa, ikkita bir xil belgiga ega bo‘lganlari juda qimmat baholanadi.
Agar avtomobil raqami o‘z egasini topsa, u avtomobillar tarixida sotilgan eng qimmatbaho raqam bo‘ladi.
Raqamni sotib olgan odam uning o‘zidan tashqari uning haqiqiyligini isbotlovchi NFT-tokenni ham qo‘lga kiritadi. Tokenning ID-raqami va QR-kodi raqamning orqa tomoniga lazer yordamida o‘yib tushirilgan. Bu tarixda avtomobil raqamining NFT-tokenga biriktirilib birinchi marta sotilishi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:48
Mers Yevropa davlatlarining AQShdan yanada mustaqil bo‘lishini talab qilmoqda
09:37
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026