Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, joriy yilning yanvar–may oylarida mamlakatda jami 190 480 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan.
Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 19,3 ming donaga köp ekani qayd etilgan.
Işlab çiqarilgan avtomobillar rusumlar kesimida quyidagiça taqsimlangan:
Cobalt — 69 302 dona;
Damas — 35 269 dona;
Tracker — 18 519 dona;
Onix — 15 157 dona;
KIA — 11 128 dona;
BYD — 10 120 dona;
Haval — 4 038 dona;
Chery — 3 156 dona;
maxsus yengil avtomobillar — 23 791 dona.
Statistikaga köra, Cobalt işlab çiqariş hajmi böyiça boşqa barça rusumlarni ortda qoldirgan. Uning uluşi umumiy işlab çiqarilgan yengil avtomobillarning qariyb uçdan bir qismini taşkil etgan.

















