16:55 / 26.10.2021
7790

"Erim 12 yilki ruhiy xasta, o‘g‘lim esa 8 yildan buyon jigar sirrozidan azob chekyapti" – tashvishlardan ezilgan ayol nolasi

Xorazmlik Oysara opa turmushning ona sifatida ham, ayol sifatida ham taqdirning zarbalariga duch kelgan. Turmush o‘rtog‘i 12 yil avval xastalikka chalinganligi sababli ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanadi. Uch farzandni voyaga yetkazgan onaning katta o‘g‘li Ravshanbek ayni unga tirgak bo‘ladigan vaqtida jigar sirroziga chalingan.

“8 yildan beri o‘g‘lim jigar sirrozi bilan og‘riydi. Oxirgi vaqtlarda kasallik tez-tez xuruj qilyapti. Bir oyning ichida to‘rt marta kasalxonada yotishiga to‘g‘ri keldi.

Yonimda turmush o‘rtog‘im tirgak bo‘lib turgandayam bunchalik qiynalmasdim. Hech bo‘lmasa shu o‘g‘lim sog‘ayib bolalariga bosh bo‘lib yursa bo‘ldi edi” deya zorlanadi onaizor.

32 yashar Ravshanbekda jigardagi xastalik tufayli ichki qon ketishlar kuzatilmoqda. Shuning uchun unga xorijda o‘tkaziladigan jarrohlik operatsiyasi tavsiya etilgan.

“Hozir qo‘limiz kaltalik qiladi bu operatsiya uchun. Ikki o‘rtada onam sarson bo‘lyapti. Qiynalib ketdi. Ikkita farzandimni yonida sog‘-salomat yurishni xohlayman” deydi yaxshilar ko‘magida sog‘ayishni istab bemor.

bYOwda340KP21dxMouSWykycUp8DsVDV.jpg (1273×715)

Ravshanbek Sapayevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0609 5497 8871 turmush o‘rtog‘i Sadoqat Ro‘zmetova nomida;

Humo: 9860 0301 3438 4194 Ravshanbek Sapayev nomida.

Sinovlardan sabr bilan o‘tish inson farzandiga xos. Ammo sinalayotganlarga nisbatan mehr-shafqat ko‘rsatish sinovlarimizni yengillashtirishi sir emas. Ajab emas, saxovatli hamyurtlarimiz yordamida taqdir zarbalaridan ezilgan bir ona va uning otasiz qolishi mumkin bo‘lgan nabiralariga dalda bo‘lsak.

Gulmira Toshniyozova,
tasvirchi Azimjon Vohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top