Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi
O‘zbekiston prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 2021 yilning 17 iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida diplomatik kanal orqali imzolangan “O‘zbekiston hukumati bilan Rossiya hukumati o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida va Rossiya fuqarolarining O‘zbekiston hududida bo‘lishlari tartibi to‘g‘risida”gi bitimni tasdiqlashni nazarda tutadi.
Ta'kidlanishicha, Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tish tartibi RF vakolatli organlari tomonidan qiyinlashtirilishi oqibatida (mehnat faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha patent rasmiylashtirish) ushbu davlat hududida o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlarga bir qator qiyinchiliklar yuzaga keltirib chiqarmoqda. Natijada, ular tomonidan migratsiya sohasida huquqbuzarliklar sodir etilmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan bitim ishlab chiqilib, tomonlar ichki ishlar vazirlari darajasida imzolandi.
“Bitim kelgusida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 7 kundan 15 kungacha bo‘lgan muddat davomida mehnat faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishida o‘z samarasini beradi.
Shunga ko‘ra, mazkur hujjat, kelgusida Rossiya hududida mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlat hududida o‘z mehnat faoliyatini olib borishiga katta yordam beradi”, deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026