AQSh Afg‘onistonga gumanitar yordam uchun qo‘shimcha 144 mln dollar ajratadi
Ma'lumot berilishicha, AQShning 2021 yilda Afg‘oniston va afg‘on qochqinlariga ajratgan mablag‘lar miqdori 474 mln dollarni tashkil etadi.

Foto: EPA
AQSh hukumati Afg‘onistondagi gumanitar inqirozda jabrlanganlarga yordam sifatida qo‘shimcha 144 mln dollar ajratadi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashi vakili Emili Horn ma'lum qildi.
“AQSh Afg‘onistonda davom etayotgan gumanitar inqirozdan jabrlangan odamlarga yangi gumanitar yordam ko‘rinishida 144 mln dollarga yaqin mablag‘ beradi”, – deyiladi Hornning bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning 2021 yilda Afg‘oniston va afg‘on qochqinlariga ajratgan mablag‘lar miqdori 474 mln dollarni tashkil etadi.
Hornning tushuntirish berishicha, yordam 18,4 milliondan ortiq afg‘onistonliklarni bevosita qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mustaqil gumanitar tashkilotlar orqali beriladi.
Mavzuga oid

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025