Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden kortejidagi avtomobil Rimda yo‘l-transport hodisasiga uchradi
AQSh prezidenti Jo Baydenning kortejidagi avtomobil Italiya poytaxti Rimda kichik yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avvalroq Bayden Rimga “Katta yigirmalik” sammitida ishtirok etgani kelgandi.
Oq uy vakilining ta'kidlashicha, voqea kortej Vatikandan chiqib Italiya prezidenti qarorgohi Kvirinal saroyi tomon yo‘nalayotganda yuz bergan. “Hech kim jiddiy jarohat olmadi. Biroq ehtiyot chorasi sifatida mashinadagi odamlar tibbiy xodimlar tomonidan ko‘zdan kechirildi”, deb aytgan manba.
U YTH tafsilotlari va mashinada kim o‘tirganiga aniqlik kiritmagan.
Vatikanda Bayden Rim papasi Fransisk bilan uchrashgan. Shundan keyin u Italiya prezidenti Serjo Mattarella bilan uchrashgani Kvirinal saroyiga yo‘l olgan.
30-31 oktyabrda “Katta yigirmalik”ning sammiti bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda G20’da Italiya raislik qilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 04.07.2026
Qadimgi Rimda yo‘llar uchta oddiy asbob yordamida qurilgan
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025