Live Science naşri ma’lumotiga köra, rimlik yer ölçovçilarning eng muhim asbobi groma deb atalgan qurilma bölgan. U tepasida kressimon qismi joylaşgan tik ustundan iborat bölib, uning har bir uçidan yukça boğlangan otveslar osilib turgan.

Mazkur asbob muhandislarga yerda aniq töğri burçaklar hosil qiliş va uzoq masofalarga mutlaqo töğri yönaliş belgilaş imkonini bergan. Iş jarayonida bir mutaxassis gromadagi otveslar orqali masofaga qarab turgan, boşqa işçilar esa belgilarni ular bir çiziqqa tuşgunça siljitib borgan.

Rimliklar boşqa vazifalar uçun ham maxsus asboblardan foydalangan. Ulardan biri xorobat bölib, u taxminan olti metrli yoğoç moslama va otveslardan taşkil topgan. Bu qurilma zamonaviy nivelir vazifasini bajarib, yerning nişabligini aniqlaşda xizmat qilgan.

Yana bir asbob — dioptra esa aylana şaklidagi asos va nişonga oliş trubasidan iborat bölib, uzoqdagi nuqtalarni yuqori aniqlikda belgilaş imkonini bergan.

Aynan şu asboblar yordamida Italiyadagi 500 kilometrdan ortiq masofaga çözilgan maşhur Appiy yöli hamda Angliyadagi 92 kilometrlik Steyn-strit kabi yöllar qurilgan.

Biroq tarixçilar ta’kidlaşiça, Rim imperiyasida yöl qurilişi uçun yagona standart mavjud bölmagan. Yöllar faqat relef imkon bergan joylarda töğri çiziq böylab qurilgan.

Murakkab toğli hududlarda muhandislar tik qiyaliklarni aylanib ötiş, daryolardan qulay keçuv topiş yoki yölni mavjud aholi punktlari bilan boğlaş maqsadida yönalişni özgartirgan. Ayniqsa, ğildirakli aravalar keskin kötarilişlardan öta olmagani uçun bunday joylarda yöllar egri-bugri tarzda qurilgan.

Quriliş işlarida rimlik askarlar, qullar, harbiy asirlar hamda mahalliy aholi mehnat majburiyati asosida iştirok etgan. Köpriklar kabi murakkab inşootlar uçun esa tajribali yollanma ustalar jalb qilingan.

Yaqinda amalga oşirilgan kartografik loyiha orqali olimlar Qadimgi Rimning taxminan 300 ming kilometrlik yöl tarmoğini qayta tiklaşga muvaffaq böldi.

Tadqiqotçilarning qayd etişiça, rimliklar öz davri uçun misli körilmagan muhandislik yeçimlarini qöllagan bölsa-da, ular qurgan yöllar zamonaviy avtomagistrallardan farq qiladi. Çunki öşa davrda yuqori tezlikda harakatlanadigan motorli transport mavjud bölmagani sababli burilişlarni tekislaş yoki katta tezlikka mos infratuzilma yaratişga ehtiyoj bölmagan.