Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu oktyabr oyi oxirgi kunlari me'yoridan 4-5 darajaga pastdir.
Ertaga O‘zbekistonda bulutlilik nisbatan kam bo‘ladi, yog‘ingarchilik hatto tog‘li hududlarda kutilmaydi. Kechasi sovuq bo‘ladi, kechasi va ertalab harorat 0-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh havoni 16-19 daraja iliqqacha isitadi.
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha havoda yana bulut ko‘payishi kutilmoqda, O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tog‘larda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:56
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026