Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqlari buzilgan iste'molchilarga 15 mlrd so‘m mablag‘ qaytarilgan: qaysi sohada eng ko‘p qonun buzilmoqda?
2021 yilning 9 oyida huquqlari buzilgan iste'molchilarga 15 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ qaytarilgan. Iste'molchilar huquqlari asosan 4 ta sohada eng ko‘p buzilmoqda.
Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida huquqlari buzilgan iste'molchilarga 15 mlrd 188 million 83 ming so‘m mablag‘ qaytarildi. Bu haqda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Iste'molchilar murojaatlari tahlil qilinganda, quyidagi sohalar bo‘yicha eng ko‘p murojaat kelib tushgani aniqlandi:
- savdo sohasi - 3272 ta (37,7%);
- gaz ta'minoti - 1188 ta (13,7%);
- elektr ta'minoti - 915 ta (10,5%);
- suv sohasi - 437 ta(5 %);
- kommunal xizmat - 285 ta (3,3 %);
- sog‘liqni saqlash - 103 ta (1,2%);
- xizmat ko‘rsatish (servis) - 547 ta (6,3%);
- transport - 180 tasi (2,1%);
- aloqa (va internet) - 276 ta (3,2%);
- boshqa sohalar - 1483 ta (17,1%) murojaat.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 9 oyda iste'molchilardan 8686 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ariza va shikoyatlarning 7656 tasi, ya'ni 88,1 foizi ijobiy hal etilgan.
Avvalroq, iste'molchi xarid qilgan Cobalt’da nuqson aniqlangani bois nuqsonli avtomobil xuddi shu markali yangi avtomobilga almashtirib berilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:00 / 05.04.2026
Naqdga bitmas bitimlar va soliqdan norozi san’atkorlar - hafta dayjesti
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
19:59 / 27.01.2026
Tarif rejasini o‘zgartirish bepul – Mobil aloqa xizmati qoidalari o‘zgartirildi
14:04 / 06.01.2026