Fan-texnika | 11:27 / 29.10.2021
52786
4 daqiqa o‘qiladi
Metakoinot, aqlli ko‘zoynaklar, o‘yin va ish uchun alohida akkaunt hamda avatarlar: Tsukerberg nimalar haqida gapirdi?
Kompaniya endilikda o‘zini ijtimoiy tarmoq bilan emas, metakoinot bilan bog‘lamoqchi.
28 oktabr kuni Mark Tsukerberg Facebook Connect 2021 onlayn taqdimotida so‘zga chiqdi. U yerda kompaniyaning VR va AR sohasidagi so‘nggi yutuqlari, «metaborliq»ni rivojlantirish bo‘yicha rejalar, shuningdek, kompaniyaning nomi haqida gapirildi.
«Metakoinot»
- Facebook metakoinotni rivojlantirishni rejalashtiryapti. Metakoinot shunday virtual olamki, unda VR va AR texnologiyalardan birdek foydalaniladi.
- Foydalanuvchilar avatarlar yordamida virtual olamda bir-biri bilan muloqot qilishadi.
- «Oddiy» internetning barcha kontentini metakoinotda gologrammalar ko‘rinishida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
- Facebook Horizon Workrooms servisi va Horizon Home virtual uyida o‘z ish o‘rnini yaratishni taklif etadi.
O‘yinlar va fitnes
- VR’da ko‘plab yangi o‘yinlar paydo bo‘ladi. Ular haqida Oculus Gaming Showcase tadbirida gap borishiga va'da berdi.
- Metakoinotda turli joylarda bo‘lgan foydalanuvchilar sport bilan birgalikda shug‘ullanishlari, qo‘shimcha reallikka ega o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin.
- O‘yin va ish uchun alohida akkaunt va avatarlar yaratish mumkin bo‘ladi.
- Tsukerberg GTA chiqishi bo‘yicha alohida xabar berdi: Oculus uchun San Andreas birinchi shaxs nomidan o‘ynash imkoniyatiga ega.
Metakoinotda ta'lim
- Metakoinotda ta'lim yanada interaktiv bo‘ladi. Tibbiyot xodimlari virtual reallikda mashq qilishlari, bo‘lajak astronomlar esa fazo obektlarini yaqindan o‘rganishlari mumkin.
- Foydalanuvchilar mashinaning 3D modelini yuklab olishlari, uylari uchun ta'mirni sinab ko‘rishlari, shuningdek, gologrammalar yordamida Quyosh tizimi sayyoralarini ko‘zdan kechirishlari mumkin.
- Yangi reallikda ta'lim olish uchun Facebook o‘z ko‘zoynaklarini taklif etyapti.
Yangi iqtisodiyot
- Servislar uchun haq to‘lanishi odamlarni uzoqlashtiradi. Shuning uchun Facebook o‘z servislari uchun narxni minimallashtirish yoki to‘lovlarni bekor qilishni rejalashtirgan.
- Metakoinotda foydalanuvchilar uchun olamlar va shaxsiy narsalar yaratadigan mualliflarning yangi turi paydo bo‘ladi.
- Facebook tadbirkorlarga mijozlar bilan hamkorlik qilish uchun yangi maydonchalar taqdim etadi.
Dasturchilar uchun vositalar
- Facebook dasturchilarga metaborliq uchun ilova yaratishni yengillashtirish maqsadida SDK to‘plamini taqdim etadi.
- Kompaniya ishlanmalari qo‘l harakatiga reaksiya qilish sozlamasi va inson nutqini rasshifrovka qilishni soddalashtiradi.
Project Cambria
- Facebook metakoinotda aloqada bo‘lish uchun yangi «aqlli» ko‘zoynaklar ustida ish olib boryapti.
- Project Cambria nomli AR ko‘zoynaklar 2022 yilda chiqadi.
- Sentabr oyida Ray Ban bilan hamkorlikda «aqlli» ko‘zoynaklar ustida ishlash foydalanuvchilarni smartfon ekranidan uzoqlashtirish uchun birinchi qadam bo‘ldi.
Yangi nom
- Facebook o‘zining barcha harakatlarini metaborliqni rivojlantirishga qaratadi.
- Kompaniya nomini Meta deb o‘zgartirishidan maqsad – u o‘zini ijtimoiy tarmoq bilan emas, metakoinot bilan bog‘lamoqchi.
Translatsiyani Facebook va YouTube’da takroran tomosha qilish mumkin.
Mavzuga oid
20:43 / 14.11.2024
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
21:28 / 17.10.2024