Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xorijdan keltiriladigan xomashyo importiga 25 foiz chegirma joriy etadi
Ushbu chegirma 114 turdagi xomashyo mahsulotlari uchun qo‘llanadi.
2021 yil 1 noyabrdan import qatnovida xomashyo yuklarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi temir yo‘l stansiyalariga tashishda 25 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Chegirma grechka, kakao, loviya, xloridlar, tariq, temir rudalari, kimyo va kabel mahsulotlari, qog‘oz, sintetik tolalar kabi 114 turdagi xomashyo mahsulotlari uchun qo‘llanadi.
Ushbu qarordan 2021 yil 24 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyish ijrosini ta'minlash hamda ishlab-chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadi ko‘zlangani aytib o‘tilgan.
Mavzuga oid
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
15:24 / 01.07.2026
O‘zbekistonda benzin narxi rekord darajada qimmatlashdi. Sabab nima?
09:05 / 29.06.2026