O‘zbekiston | 10:48 / 30.10.2021
2226
1 daqiqa o‘qiladi

8 tup gujum daraxtini noqonuniy kesish bog‘otlik fuqaroga 41,3 mln so‘mga tushdi

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bog‘ot tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik reyd tadbirida daraxtlarni noqonuniy kesib tashlash holati aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Jumladan, «Dehqonobod» mahallasida yashovchi fuqaro M.X. tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, o‘zboshimchalik bilan turli yoshdagi 8 tup gujum daraxtini noqonuniy ravishda kesib olgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, ya'ni 1,35 mln so‘m miqdorida jarima va tabiatga yetkazilgan 39,9 mln so‘m zarar hisoblangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Avvalroq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Xorazm viloyatida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari 2020 yilning mos davriga nisbatan 70 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid