AQShning O‘zbekistondagi elchisi Nukusga keldi
29 oktabr kuni AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurgan. Bu haqda Nukus DPI matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Elchi Deniyel Rozenblyum institutda AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2016 yildan buyon faoliyat olib borayotgan «ACCYSS» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.
Institut bazasida faoliyat yuritayotgan «ACCYSS» dasturi 2016-2018 yillarda maktab o‘quvchilari uchun, 2018-2020 yillarda institutning nofilologik ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun «STREM» dasturi, 2020 yildan 2022 yilgacha umumta'lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilariga darslar tashkillashtirish orqali amalga oshirilmoqda.
AQSh elchisi yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan 2 nafar o‘quvchini AQShga bir oylik yozgi oromgohga yuborish borasida taklif bildirgan. Deniyel Rozenblyumning Qoraqalpog‘istonga safari davom etmoqda.
Oldinroq NDPI va Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangandi.
Mavzuga oid
12:12 / 29.11.2024
AQShdagi asr qotilligi – prezident Jon Kennedi qanday o‘ldirilgandi?
22:10 / 28.11.2024
Kaliforniyada 540 milliard dollarlik «oq oltin» zaxirasi topildi
20:50 / 28.11.2024
Putin Trampni xavfsiz holatda emas deb hisoblamoqda
18:24 / 28.11.2024