Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyaning 20ta shahridan 19tasida mer saylovlarida hukmron partiya nomzodlari g‘alaba qozondi
Gruziyadagi hukmron partiya “Gruziya orzusi” nomzodlari 20ta shahardan 19tasida mahalliy saylovlarning 2-bosqichida g‘alaba qozondi.
Foto: Sputnik/RIA «Novosti»
Gruziya poytaxti Tbilisining amaldagi meri, sobiq futbolchi Kaxa Kaladze 55,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Muxolif partiya “Yagona milliy harakat” vakili Nika Meliya esa 44,4 foiz ovoz to‘plagan.
Gruziyaning qolgan yirik shaharlari, jumladan Rustavi, Poti, Kutaisi va Batumida ham “Gruziya orzusi” nomzodlari g‘alaba qozongan.
Sobiq prezident Mixail Saakashvilining “Yagona milliy harakat” partiyasi g‘alaba qozongan yagona shahar Tsalenjixa bo‘lgan.
Avvalroq Gruziya muxolifati mahalliy saylovlar natijalarini tan olishdan bosh tortgan va ularga qarshi namoyishlar o‘tkazishga va'da bergan.
Muxolifatdagi “Yagona milliy harakat” yetakchilaridan biri David Kirkitadzening aytishicha, partiya yaqin orada hukumatga bo‘ysunmaslik va ko‘cha namoyishlarini o‘z ichiga oluvchi kurash strategiyasi haqida ma'lum qiladi.
Gruziyada 30 oktyabrda mahalliy saylovlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ular sobiq prezident Mixail Saakashvili hibsga olinganiga qarshi noroziliklar davom etayotgan vaqtda o‘tdi. Saylovlarning 1-bosqichi 2 oktyabrda o‘tgandi va ularda hukmron partiya 47 foiz ovoz bilan 1-o‘rinni egallagandi.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024