“Ruhiy salomatlik” tuşunçasi omma orasiga sekin-asta kirib boryapti, çunki ruhiy muammolar bizni tobora köproq bezovta qilyapti: tuşkunlik, stress, xavotir. Vaqtida mutaxassisga murojaat qiliş esa bizda odatga kirmagan – muammolardan özimizni qayerga qöyişni bilmay qolgan çoğimizdagina bu esimizga tuşadi yoki... tuşmaydi. Aslida esa salomatlikka putur yetmasdan turib salomatlikni saqlaş kerak. Bu jismoniy salomatlikka ham, ruhiy salomatlikka ham tegişli.
"Ruhiy salomatlik" loyihasi asosçisi, tibbiyot fanlari doktori Gavhar Teşaboyeva şu boradagi savollarga javob berdi.
“Ruh salomat bölgandagina inson özini tölaqonli salomat his qilişi va tölaqonli ijtimoiy faol bölişi mumkin. Demak, salomatlik deganda faqat jismoniy emas, ruhiy tomondan ham özimizni yaxşi his qilişimiz kerak. Şundagina öz faoliyatimizni yaxşi olib borişimiz, "men"imizni bir maromda saqlab turişimiz, xulq-atvorimizni atrofda bölayotgan voqealarga qaramasdan yaxşi tutişimiz mumkin böladi.
“Inson ruhi nima” deganda biz musulmonlar Qur'oni karimda kelgan "Ruh Robbimning işidir. U haqida sizlarga judayam oz bilim berilgandir" degan ma'no bilan çeklanamiz. Biroq ruhiyat – örganiş manbasi.
Bu mavzuda Ğarb va Şarq olimlarining fikrlari biroz bir-biridan farqlanadi. Ya'ni biz bugungi kungaça örganib kelgan psixologiya, psixoterapiya fanlarida ruhiy salomatlikni örganuvçi fanlarda köproq inson intellekti, aqli, xotirasi va hokazolarga qarab inson ta'riflangan. 1970 yildan boşlab musulmon mutaxassislari urinişi bilan insonning ruhiy holati deganda uning qalbi, qalbining Alloh taolo bilan boğlanişi, ya'ni tavhid haqida ham söz oçiladigan böldi. Insonni asl fitratiga qaytariş bugungi kundagi islomiy psixologiyaning asosiy örganiş mavzusi va amaliyoti.
Ahamiyat beradigan bölsak, Ğarb tafakkuri mahsuli bölmiş şaxsni rivojlantiriş kurslari liderlik yoki insonning moddiy jihatini yuksaltiradigan tomonlarini “köradi”. Hozir şaxsni rivojlantiriş deganda aynan şularni tuşunyapmiz. Bu yerda moddiyat köproq. Afsuski, oxirgi paytlarda sohada inson ruhiyatining ma'naviyatiga doir atamalar qöllanmay qolgan. Yangi yönalişga ehtiyoj tuğildi. Musulmonlar uçun alohida, islom prinsiplariga, islom an'analariga asoslangan ruhiy salomatlik tuşunçasi dolzarb bölib qoldi.
Insonning ruhiy muammolarini hal qilişda, şaxsini rivojlantirişda bugungi kunda musulmon psixolog olimlari sohaga nafs tuşunçasini ham kiritişgan. Ruhiy muammolar inson öz nafsi bilan kuraşsagina yeçim topadi, degan haqiqatni ilmiylaştirişimiz kerak.













