Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon internet tarqatish uchun ikkita sun'iy yo‘ldosh prototiplarini 2022 yilda ishga tushiradi
Sinov yakunlangach, ular Yer atmosferasiga yuboriladi.
2022 yilda Amazon KuiperSat-1 va KuiperSat-2 prototiplarini orbitaga chiqarishni rejalashtiryapti, deya yozmoqda Reuters.
Oktabr oyi oxirida Amazon sun'iy yo‘ldosh dvigatellarini koinotda manevr qilish uchun sinovdan o‘tkazdi. Kompaniya tomonidan ma'lum qilinishicha, ikki prototip Yerdan 590 km balandlikda ishlaydi. Sinovlardan keyin kompaniya tomonidan texnologiya soniyasiga 400 Mbit o‘tkazish qobiliyatini ta'minlashi haqida ma'lum qildi.
Sun'iy yo‘ldoshlar ABL Space Systems startapi tomonidan ishlangan RS1 tajriba raketasi yordamida olib chiqiladi. Kompaniya sinov yakunlangach, prototiplar yonib ketishi va koinotni ifloslantirmasligi uchun ularni Yer atmosferasiga yo‘naltirishga va'da berdi.
- 2021 yilning iyul oyida Amazon Facebook kompaniyasidan sun'iy yo‘ldosh internetini ishlab chiquvchi jamoani sotib oldi. Ular shu paytga qadar mavjud bo‘lgan, 500 kishidan iborat jamoaga qo‘shiladi.
- Amazon Yer orbitasiga 3236ta sun'iy yo‘ldoshni chiqarishni rejalashtirmoqda. Buning uchun AQShda infratuzilma yaratish maqsadida 2030 yilgacha 10 mlrd dollar sarflash ko‘zda tutilgan. Kompaniya sun'iy yo‘ldoshlarning yarmini 2026 yilgacha uchirishi kerak.
- Ilon Maskning Starlink kompaniyasi sun'iy yo‘ldosh internetini 2020 yil kuz faslidan beri sinovdan o‘tkazib kelmoqda. Buyuk Britaniyaning OneWeb kompaniyasi o‘zining barcha sun'iy yo‘ldoshlarini 2021 yilning oxirigacha orbitaga chiqarish uchun 500 mln dollar jalb qildi.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Mask: AQSh armiyasi Starlinkʼni kamikadze dronlarda qo‘llagan
12:00 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink interneti ishga tushdi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:57 / 15.02.2026