08:48 / 02.11.2021
10189

O‘zbekiston tomonidan 2006 yilda xalqaro qidiruvga berilgan shaxs Abu-Dabida qo‘lga olindi 

Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi (MMB) tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Birlashgan Arab Amirliklari Interpol MMB xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida qo‘lga olindi. 

Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xabariga ko‘ra, ushbu shaxs 1972 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi S.M. bo‘lib, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 155, 161, 242 va 244-moddalarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun O‘zbekiston huquq tartibot organlari tomonidan 2006 yilda xalqaro qidiruvga berilgan.

Olingan materiallar asosida ushbu shaxsning taxminiy joylashuvi haqidagi ma'lumot Interpol bosh kotibiyatiga yuborilgan. Fuqaro S.M. 2006 yildan boshlab AQSh hududida yashirinib yurgani aniqlangan. 2021 yilning sentabr oyida Vashington MMB tomonidan fuqaro S.M. AQSh hududini tark etgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi Interpol MMB va Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi Interpoli xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida fuqaro S.M. Abu-Dabiga yetib kelgan kunidan besh kun o‘tib qo‘lga olingan va hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Top