O‘zbekiston | 14:32 / 03.11.2021
13507
3 daqiqa o‘qiladi

«Haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni inson aralashuvisiz, murakkab va qimmat bo‘lishi kerak» - Nikita Makarenko

Haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni baxsiz hodisalar sonini kamaytirish uchun inson aralashuvisiz, murakkab va qimmat bo‘lishi kerak. Bu haqda jurnalist va bloger Nikita Makarenko taklif bildirdi.

Uning fikricha, malakali, ilmiy asoslangan yo‘l infratuzilmasi, inspektorlarni tayyorlash, imtihondan o‘tkazish va ishlashi sohasida korrupsiyaning yo‘qligiga, aholi punktlarida avtomobillar sonini qisqartirishga e'tibor qaratish lozim. 

Nikita Makarenko / Foto: shaxsiy arxiv

«Hozir haydovchilik guvohnomalari istalgan shaxsga berib yuborilmoqda. Bu yerda ham islohotlar zarur.

Inson omilini butunlay yo‘q qilish kerak. Hamma narsa biometrik bo‘lishi kerak. Barmoq izi va yuz avtorizatsiyasi, zalning onlayn translatsiyasi, robotlashtirilgan amaliy imtihon. Imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasi berish bilan turli tashkilotlar shug‘ullanishi kerak. Ular bir-birini nazorat qilishdan manfaatdor bo‘lishi lozim.

Imtihon nihoyatda qiyin va qimmat bo‘lishi kerak. Nega? Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lgan fuqarolar qayta imtihon topshirishi shart. Ular guvohnomani shunchaki qaytarib olishi to‘g‘ri emas. Jiddiy qoidabuzarliklar sodir etish juda zararli bo‘lishi kerak. 

Albatta, hozir siz umuman ko‘rinish bermagan shaxslarga ham haydovchilik guvohnomalarini topshirayotgan avtomaktablar haqida o‘ylayapsiz. Ammo, qiyin va o‘tish o‘ta murakkab bo‘lgan imtihon joriy etilsa, butun soha unga moslashadi», dedi Nikita Makarenko.

U Microsoft kompaniyasining Hindistonda amalga oshirilgan avtomatlashtirilgan amaliyot imtihonini misol sifatida keltirgan. 

Avvalroq, “Kurbanoff.net” telegram kanali muallifi Shuhrat Qurbonov yo‘llarda yuz berayotgan o‘lim holatlari masalasi yo‘l harakati qoidalariga amal qilish muammosining bevosita natijasi ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid