Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW
Yirik logistika kompaniyasi o‘zbekistonliklarni nafaqat ish bilan ta’minlash, balki professional o‘qitishga ham tayyor. Stajyorlik davrida maosh 800 yevroni tashkil etadi.
Germaniyada yuk mashinasi haydovchilari yetishmasligi muammosini hal qilish uchun yirik Papenburg logistika kompaniyasi xorijdan, shu jumladan, O‘zbekistondan xodimlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda DW nashri ko‘rsatuv tayyorladi.
Kompaniya nafaqat ish bilan ta’minlash, balki Yevropa standartlari bo‘yicha o‘qitishni ham taklif qiladi. Stajyorlar moliyaviy yordam oladi. Nashr allaqachon stajirovka o‘tayotgan o‘zbekistonlik yoshlardan biri bilan suhbatlashdi. Abbosjon Odilov hozirda uning daromadi oyiga 800 yevroni tashkil etishini, bu O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik maoshdan ancha yuqori ekanini aytdi. U Germaniyada ishlashning qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o‘tdi.
“Punktuallik men uchun eng qiyini bo‘lgan. Germaniyada hamma joyda, hamma narsa o‘z vaqtida bo‘lishi kerak”, — deydi u.
Papenburg asfalt va beton ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Shuning uchun unda barcha resurslar bor, ammo ishchilar yetishmaydi. Natijada, 2020 yildan boshlab kompaniya 60 dan ortiq o‘zbekistonliklarni yuk mashinasi haydovchiligi uchun professional tarzda o‘qitishni o‘z zimmasiga oldi, deb ta’kidladi kompaniyaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Angela Papenburg.
“O‘zbekiston aholisining aksariyati yoshlar. Shuning uchun O‘zbekistonning bir necha hududlarida ishsizlik aynan yoshlar orasida tarqalgan. Fikrimcha, bizning vaziyatda ular ham, biz ham yutamiz”, — dedi u.
DW nashri Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya kelishuvi borligi sabab, o‘zbekistonliklarning hujjatlarini rasmiylashtirish qiyin bo‘lmasligini qayd etdi.
Kompaniyaning kelgusi rejalari orasida xodimlarni O‘zbekistondayoq o‘qitish ham bor. Papenburg tashabbusi o‘zbekistonlik haydovchilarga xalqaro tajribani o‘zlashtirish, Yevropaning yetakchi davlatlaridan birida talab yuqori bo‘lgan kasbni egallab, ishlash istiqbollarini ochadi, deyiladi xabarda.
Hozirgi kunda Germaniyada 70 ming yuk mashina haydovchilari yetishmayapti. Oqibatda buyurtmalar o‘z egalariga yetkazilmay qolyapti.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
22:37 / 20.01.2025
Xitoylik qiz mushugi tufayli ish va mukofotdan mahrum bo‘ldi
12:40 / 18.01.2025
Nemis fermerlari oqsil kasalligi katta zarar keltirishi haqida ogohlantirdi
23:33 / 17.01.2025
Shols Ilon Maskni Yevropaning demokratik taraqqiyotiga tahdid deb atadi
23:18 / 17.01.2025