O‘zbekiston hududlarida haydovchilik guvohnomalari olib berishini va’da qilganlar ushlandi
Farg‘onada 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Shuningdek, Navoiy va Samarqandda ham shunday jinoyat bilan uch kishi qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, “A.v.” MChJ avtomaktabi rahbari Z.M. fuqaro Sh.J.ning ishonchiga kirib, go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida Sh.J. va uning turmush o‘rtog‘iga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.M. fuqaro A.Q.ga 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, oldindan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Samarqand tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Fuqarolar U.T. va Sh.A. fuqaro M.A.ga tanishlari yordamida 1000 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 08:03
-
«Fordo endi yo‘q» – AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi
Jahon | 06:21
-
Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 06:02
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
Mavzuga oid

11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi

11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW

12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi

07:49 / 07.06.2024