Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga migrantlarni noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi
Rossiya Federatsiyasi hududiga migrantlarni noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu shaxslar Moskva shahridagi xususiy klinikalar xodimlari bilan til biriktirgan. Ular davolanish uchun soxta taklifnomalar orqali Markaziy Osiyo fuqarolarini Rossiyaga olib kirgan.
Qayd etilishicha, aslida fuqarolar davolanish emas, balki ishlash maqsadida kelgan.
Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Rossiyada migrantlarga genom bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklanishi mumkinligi xabar qilingandi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikinning ma'lum qilishicha, Rossiyada mamlakatga yaqin va qo‘shni davlatlardan kelgan barcha mehnat muhojirlariga genom bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklab qo‘yilishi lozim.
Aleksandr Bastrikin bunday choraga bo‘lgan ehtiyojni mamlakatga kelganlar tomonidan sodir etilayotgan o‘ta xavfli jinoyatlar sonining ortib borayotgani bilan bog‘lagan.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026