Rossiyada migrantlar genom böyiça röyxatdan ötişi şart. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
Qayd etilişiça, Rossiyada mamlakatga yaqin va qöşni davlatlardan kelgan barça mehnat muhojirlariga genom böyiça röyxatdan ötiş majburiyati yuklab qöyilişi lozim.
Aleksandr Bastrikin bunday çoraga bölgan ehtiyojni mamlakatga kelganlar tomonidan sodir etilayotgan öta xavfli jinoyatlar sonining ortib borayotgani bilan boğlagan.
«Migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tarkibida ijtimoiy xavfliligi oşgan noqonuniy xatti-harakatlar soni ortib borayotgani kuzatildi. Xususan, ekstremizm – 33 foizga, terrorizm – 26 foizga, qotillik – 8 foizga, nomusga tegiş – 5 foizga köpayişi tendensiyasi qayd etildi», deya ma'lum qilgan Bastrikin.
Avvalroq, Özbekiston Rossiyaga migrantlarni işga yollaş tartibini soddalaştirişni taklif qilgandi.
“2017 yilda imzolangan taşkiliy işga qabul qiliş böyiça hukumatlararo kelişuv pandemiya davrida mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda yangilaniş va tuzatişlarni talab qiladi. Işga qabul qiliş tartib-taomillarini ham xodim, ham iş beruvçi uçun imkon qadar sodda va qulay qilib, har ikki tomon uçun zarur kafolatlarni ta'minlaş zarur”, dedi Özbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri Anton Kotyakov bilan uçraşuvda.












