Zelenskiy oligarxlarning siyosatga ta'sirini cheklovchi qonunni imzoladi

Foto: ZelenskyyUa / Twitter
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Oligarxlar haqidagi qonun” deb atalayotgan qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Ukrainada kun ko‘rish uchun zarur bo‘lgan eng kam pulning 1 million miqdoridan ko‘proq (2,19 mlrd griven yoki 84 mln dollar) boylikka ega bo‘lgan fuqarolarning mamlakat siyosiy hayotiga ta'siri cheklanadi.
“Oligarxlarga qarshi qonunni imzoladim. Ushbu hujjat yirik biznes va siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi. Endilikda barcha iqtisodiy o‘yinchilar qonun oldida barobar bo‘ladi va o‘ziga siyosiy imtiyozlarni sotib ololmaydi. Qonunning sindirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz!” deb yozgan Zelenskiy.
Uning ta'kidlashicha, Yevropaning barcha muvaffaqiyatli davlatlarida oligarxlar deb nomlanuvchi hokimiyat bo‘g‘ini yo‘q. “Ushbu davlatlarda hokimiyat bir guruh boyvachchalar uchun emas, balki o‘z fuqarolari manfaatlari uchun ishlaydi. 2019 yilgi saylovlarda fuqarolarimiz Ukrainada aynan shunday o‘zgarishlar yuz berishi uchun ovoz berishgandi”, deb qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.
Ta'kidlanishicha, ushbu qonun yirik biznesni siyosiy kurashdan ajratish va mamlakat iqtisodiy hayotiga oligarxlarning salbiy ta'sirini cheklashni ta'minlaydi.
Ushbu qonun bilan oligarx deb kimni qabul qilish uchun mezonlar o‘rnatiladi. Jumladan, oligarx deb bir vaqtda kamida ushbu uchta mezonga javob beruvchi jismoniy shaxslarga aytiladi: siyosiy hayotda ishtirok etadi, OAVga katta ta'sir ko‘rsatadi, bozorda monopol holatni egallovchi sub'yektning egasi va kamida bir yil davomida ushbu holatni qo‘llab-quvvatlab kelgan shaxs.
Zelenskiy oligarxlarga qarshi kurash boshlanishi haqida mart oyida e'lon qilgan. O‘shanda u davlat zaxiralari, tabiiy boyliklari, strategik korxonalar va konstitutsiyaviy sudning noqonuniy o‘zlashtirilishi sababli “adolat tiklanishini” aytgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul aeroportida tanasiga oltinni yashirgan holda kirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Jahon | 19:10
-
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi
Jahon | 18:55
-
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Jahon | 17:37