Inson salomatligiga oid bu galgi intervyu köpçilik hazilomuz va bepisand qaraydigan, aslida esa organizmda jiddiy muammolar keltirib çiqarişi mumkin bölgan kasallik — xurrak haqida. Oliy toifali LOR şifokori Said Xudoyberganov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mazkur kasallikning kelib çiqiş sabablari, oqibatlari va uni davolaş çoralari haqida gapirib berdi.  

Inson nega xurrak otadi?

“Xurrak dunyo böyiça judayam dolzarb muammo va uni davolaşda har doim ham ijobiy natijaga erişiş qiyin hisoblanadi.

Xurrak otiş — uyqu vaqtida insonning nafas oliş jarayonidagi havo yölida böladigan tösiq oqibatida yuzaga keladigan holat”, deydi şifokor.

“Negadir bu kasallikka Markaziy Osiyo xalqlari orasida bepisand va bee'tibor qaraladi. “Xurrak otsa nima qilibdi, otadi-qoladi, ertasiga kun yana davom etadi”, degan notöğri tuşunça örnaşib qolgan. Aslida xurrak juda jiddiy kasallik.

Xurrakni keltirib çiqaradigan ma'lum omillar bor. Ularning öziga kasallik, xurrakka esa öşa kasalliklarning oqibati deb qaraladi. Va xurrak sababli inson organizmida ayrim holatlarda davolab bölmaydigan kasalliklar yuzaga keladi.

Inson nega xurrak otadi? Buning asosiy sababi – ortiqça vazn. Oğirlik 1 kvadrat metrga 29 kilogrammdan yuqori bölgan holatlarda insonda semiriş boşlanadi. Ortiqça vazn oqibatida yuqori nafas a'zolari — halqum, hiqildoq, til asosi, halqum yon devori, yumşoq tanglay sohalarida kengayiş, tibbiyot tili bilan aytganda gipertrofiya holatlari yuzaga keladi. Bu öz navbatida nafas olinayotgan havo yöli yopilib qolişiga sabab böladi. Ortiqça vaznning 10 foizga kamayişi xurrakning kamida 50 foizga kamayişiga sabab böladi”, dedi Said Xudoyberganov.

Xurrak otiş qanday oqibatlarga olib keladi?

Said Xudoyberganov / Foto: Kun.uz

Şifokorning aytişiça, xurrak otişning yengil va oğir hisoblangan asoratli formalari bor. Buni tibbiyot tilida apnoe, ya'ni xurrak vaqtidagi nafas töxtab qoliş jarayoni deyiladi.

“Apnoega köpçilik guvoh bölgan. Bunda nafas kamida 5 sekund töxtab qoladi. Öpka va bronxlarga nafas kirib borişi keskin kamayadi. Şu paytda miya, qon tomir tizimi juda kuçli kislorod tanqisligiga uçraydi. Avtomatik ravişda uyqu holatida miyadan jamiki nafas muşaklarini safarbar qilib çuqur nafas aktiga buyruq böladi. Lekin u amalga oşmaydi.