Amerikalik olimlar xurrakka qarşi yangi dori işlab çiqişdi. Dori xurrakka sabab böluvçi omil – uyquda nafas oliş töxtaşişi simptomlarini yengillaştiradi.

Uyquda nafas oliş töxtaşi kuçli xurrak otiş va uzuq-uzuq nafas olişni keltirib çiqaradi. Kasallikning oğir şakllarida uyqu har 2 daqiqada buzilişi mumkin. Uşbu kasallik 40 yoşdan katta erkaklarda uçraydi. 

Odatda, uşbu kasallikdan davolaniş turmuş tarzini özgartirişni öz içiga oladi. Bu vazn taşlaş, spirtli içimliklar içişni kamaytiriş, yonboş bilan uxlaş va nafas yöllarida doimiy ijobiy bosimni hosil qiluvçi qurilmani qöllaşni nazarda tutadi. Biroq olimlarning ta'kidlaşiça, 30 foizdan köproq odamlar bu tavsiyalarga amal qilmaydi.

Yangi dorining keçqurun bir donadan qabul qilinişi uyquda nafas oliş töxtaşi simptomlarini 74 foizga yengillaştiradi. Şartli ravişda AD109 deb nomlangan uşbu dori tabletkasi boşqa bir juft dorini öz içiga oladi: atomoksetin va oksibutinin. Olimlarning ta'kidlaşiça, bu dorilar kasallikni davolaşda yordam beradi.

2018 yilda Boston va AQŞning boşqa şaharlaridagi şifoxonalarda ötkazilgan tadqiqot davomida xurrak otişdan aziyat çekuvçi 20 kişi atomoksetin va oksibutininni bir vaqtda qabul qilganidan bir kun keyinoq dorilar kuçli samara bergani aniqlangan. Olimlarning ta'kidlaşiça, buning natijasida ba'zi bemorlarda nafas oliş buzilişi bir soatda 30tadan 7tagaça kamaygan.   

Endilikda AQŞning Apnimed firmasi bu ikki dorini bir kapsulaga birlaştirib, uning klinik sinovlarini boşlamoqda.