Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlashga 265 milliard dollar ajratish rejalashtirilmoqda
Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan aholi va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 30 trln iyendan (265 mlrd dollar) ko‘proq summaga choralar paketini qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, ushbu paket mamlakatda yashovchi barcha oilalardagi 18 yoshdan kichik har bir bolaga 100 ming iyendan (880 dollar) bir martalik to‘lovni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu qaror haqida 19 noyabrda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Hukumat, shuningdek, har bir fuqaroga 30 ming iyenlik (265 dollar) summaga ball qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu yerda gap indentifikatsion raqamlar tizimi haqida bormoqda. Ushbu tizim bo‘yicha ballar bilan turli tovarlar va xizmatlarga to‘lovni amalga oshirish mumkin.
2020 yilda Yaponiyaning har bir fuqarosi va mamlakatda yashovchi har bir xorijlik pandemiya ortida aholini qo‘llab-quvvatlash doirasida 100 ming iyendan olgan edi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026