Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida tabiiy gazdan 311 mln so‘mlik noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 311,1 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «P.K.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tuman hududidagi ko‘p qavatli uyning qozonxonasiga 4 dona isitish uskunalarini o‘rnatib, noqonuniy ravishda gazdan foydalanilganligi oqibatida hududiy gaz ta'minoti korxonasi manfaatiga 311,1 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:43 / 23.06.2026
Toshkentning 4 ta tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026