Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili o‘ziga nisbatan kuch ishlatilganini ma'lum qildi
Foto: Facebook / Mixail Saakashvili
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxona shifoxonasiga ko‘chirilishi vaqtida o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik qilinganini ma'lum qildi. Siyosatchining ta'kidlashicha, u mashinadan itarib chiqarilgan, bir necha marta bo‘yniga urilgan va sochidan tortqilangan. O‘z navbatida, Gruziya adliya vazirligi siyosatchi qamoqxona shifoxonasi xodimlarini haqorat qilgani va u yerdagi uskunalarga zarar yetkazganini ma'lum qilgan.
“Shifoxona xodimlari meni mashinadan tortib chiqarishni boshlashdi. Chiqishdan bosh tortganimdan keyin meni mashinadan itarib chiqarishdi hamda jinoyatchilar hayqiriqlari ostida o‘z ortlaridan yetaklab, bir necha marta bo‘ynimga urishdi. Sochimdan ham tortqilashdi va men, albatta, ularga qarshilik ko‘rsatdim”, deb aytilgan siyosatchining o‘z advokati Nika Gvaramiyaga bergan bayonotida.
Advokatning ta'kidlashicha, Saakashvili ochlikni to‘xtatmagan, u davolanishdan va dori qabul qilishdan bosh tortmoqda. U o‘zining shaxsiy shifokori bilan uchrashishni talab qilmoqda.
Avvalroq Saakashvili qamoqxonadan vertolyotda shifoxonaga olib ketilgani ma'lum qilingandi.
Siyosatchi Gruziyaga qaytgandan keyin 1 oktyabrda hibsga olingan. U bunga norozilik sifatida ochlik e'lon qilgan. Buning natijasida uning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgan va mutaxassislar uni shifoxonaga ko‘chirishni tavsiya qilishgan. Biroq Saakashvili davolanish uchun turma shifoxonasiga emas, balki xususiy klinikaga o‘tkazilishini talab qilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
21:42 / 08.04.2025