«Vaziyat siz tasavvur qilganingizdan yomonroq. Gap yerdagi eng qörqinçli gumanitar inqiroz haqida ketyapti», - dedi Devid Bizli BBC’ning Afğonistondagi muxbiri Jon Simpsonga.
Afğoniston iqtisodiyoti hokimiyatga «Tolibon» harakati kelişi va xorijiy yordamning muzlatilişi tufayli butunlay tanazzulga yuz tutiş arafasida. Bunga koronavirus pandemiyasi va mamlakatdagi ekinlarning katta qismini yöq qilgan kuçli qurğoqçilik ham qöşildi. Bu sönggi tört yil içidagi Afğonistonda kuzatilayotgan ikkinçi qurğoqçilik.
«Mamlakat aholisining 95 foizi yetarli oziq-ovqatga ega emas, hozirda 23 mln kişi kuçli oçlik tahdidi ostida qolgan. Keyingi olti oy falokatli böladi. Bu Yerdagi jahannam böladi», - dedi dam oliş kunlari Kobulda bölgan BMT Jahon Oziq-ovqat dasturi rahbari.

Afğonistonda havo harorati pasaymoqda. Qişloq tumanlari aholisi BMT Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida yetkazib berayotgan unga uzoq navbatda turişibdi. Millionlab afğonistonliklar uçun gumanitar yordam – qişda jon saqlaşning yagona çorasi, biroq u barçaga yetmaydi. BMT oçlik yoqasida qolgan misli körilmagan miqdordagi odamlarga yordam beriş uçun oziq-ovqat zaxiralarini oşiriş kabi dolzarb muammoga duç kelmoqda.
Devid Bizli dunyo elitasini tezkor çoralar körişga çaqiryapti. «Jahon yetakçilari va milliarderlar: tasavvur qiling, gap oçlik tahdid qilayotgan kiçik öğil yoki qizingiz, nabirangiz haqida ketyapti. Siz qölingizdan kelganiça harakat qilasiz. Dunyo boyligi hozir 400 trln dollarni taşkil qilmoqda, şuning uçun hammamizga uyat. Agar biz qayerdadir bola oçlikdan halok bölayotganiga qöyib berayotgan bölsak, barçamizga uyat. Bu bola qayerda ekanining esa ahamiyati yöq», - dedi BMT vakili.
BMT hisob-kitoblariga köra, Afğonistondagi yordamga muhtoj 23 million kişini qisman ovqatlantiriş uçun oyiga 220 mln dollar talab etiladi.
Eng dahşatlisi toğlar orasida
BBC korrespondenti Jon Simpson Radio 4 jonli efirida Afğonistondagi vaziyat haqida sözlay turib, köz yoşlarini tiya olmadi.
Öz faoliyati davomida harbiy harakatlar olib borilgan önlab hududlarda bölgan 77 yoşli jurnalist şu kunlarda toliblar tomonidan 20 yil muqaddam vayron etilgan Budda ibodatxonasi joylaşgan Bomiyon vodiysida böldi va u yerda ğorlarda yaşayotgan ayollarni uçratdi.














