Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilda soliq tushumlari qariyb 27 foizga oshdi
2021 yilning 10 oyi davomida bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 42,6 foiz, soliq tushumlari 26,9 foiz, tovarlar eksporti hajmi esa 37,2 foizga oshgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari joriy yilning 1 yanvaridan 31 oktyabrgacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,9 foizga oshganini ko‘rsatdi.
Quyidagi hududlarda soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi:
- Navoiy (39,3 foiz);
- Xorazm (38,6 foiz);
- Qashqadaryo (37,1 foiz);
- Samarqand (34,1 foiz);
- Toshkent (34 foiz) viloyatlari;
- Toshkent shahri (32,9 foiz).
Soliq tushumlari o‘sishining asosiy omillari sifatida o‘tgan besh yil mobaynida 114ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani, 33ta faoliyat turi bo‘yicha xabarnoma tartibi joriy etilgani, ruxsatnomalar olish tartib-taomillari soddalashtirilib, ularni berish muddatlari o‘rtacha 2 barobar qisqartirilgani kabilar ko‘rsatib o‘tilgan.
Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 42,6 foizga oshgan. Daromadning eng yuqori o‘sishi Jizzax (4,2 barobar), Sirdaryo (2,4 barobar), Xorazm (2 barobar), Farg‘ona (70 foiz), Samarqand (68,8 foiz) viloyatlarida, Toshkent shahri (37,6 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (34,3 foiz) kuzatilgan.
Shuningdek, tovarlar eksporti hajmi yil boshidan buyon 37,2 foizga, Tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 61,8 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:47
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid

00:16 / 14.11.2021
AQShda 2 mlrd dollar miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblangan milliarder aqli zaifligini bildirdi

08:22 / 11.11.2021
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq solish shartlari o‘zgaradi

20:14 / 04.11.2021
10 oyda o‘zbekistonliklar qancha soliq to‘lagani ma'lum bo‘ldi

08:35 / 03.11.2021