“Soliq kodeksining 473-moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Soliq kodeksining 473-moddasi (Maxsus iqtisodiy zonalarning iştirokçilariga soliq soliş şartlari) ikkinçi qism bilan töldirilmoqda.

Maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni qöllaş davrida, quyidagi şartlar bir vaqtda bajargan taqdirda foyda soliği stavkasining 0 foiz miqdorida qöllaydilar:

  • kiritilgan investitsiyalar hajmi kamida 3,0 million AQŞ dollarini taşkil etganda;
  • tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilişdan daromad jami daromad umumiy summasining kamida 50 foizini taşkil etganda.

Qayd etilişiça, loyiha qoidalarining amalga oşirilişi moliyaviy xarajatlarni talab etilmaydi. Şu bilan birgalikda, har yili davlat budjetiga 15-20 mlrd söm soliq tölovlari kelib tuşmasligi xavfi mavjud.

Loyiha ijrosi natijasida maxsus iqtisodiy zona iştirokçilari tasarrufida yiliga 15-20 mlrd söm iqtisod qilingan mablağlar qoladi. Tadbirkorlarda mazkur mablağlarni yangi korxonalarni taşkil etiş, modernizatsiyalaş, texnik va texnologik qayta jihozlaş, mavjud işlab çiqarişlarni kengaytirişga yönaltiriş imkoni yaratiladi.