Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaga Belarus va Polsha orqali kuniga yuzdan ortiq noqonuniy migrantlar kelayotgani ma'lum qilindi
Yil boshidan buyon 9329 migrant Belarus-Polsha yo‘nalishi orqali Germaniya hududiga kirib kelgan.
Foto: Sputnik
Germaniyaga Belarus va Polsha orqali kuniga yuzdan ortiq noqonuniy migrantlar kelmoqda. Bu haqda DPA agentligi GFR federal politsiyasiga tayanib xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, 1 noyabrdan 11 noyabrgacha Belarusdan 1488 kishi noqonuniy ravishda kirgan. Yil boshidan buyon 9329 migrant Belarus-Polsha yo‘nalishi orqali Germaniya hududiga kirib kelgan. Ular birinchi navbatda iroqliklar, suriyaliklar va afg‘onistonliklardir.
Belarus va YeI mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz yozda, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashmasligini aytganidan so‘ng yuzaga kelgandi.
Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.
YeI mamlakatlari Minskni migratsion inqirozni ataylab kuchaytirishda ayblamoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 19.02.2026
Mers Germaniyada yadroviy qurol paydo bo‘lishini istisno etdi
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
15:27 / 16.02.2026