Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakshanba kuni biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda
Bugun O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kun o‘rtasiga borib hududning katta qismida havo harorati 16-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ammo bulutlilik ko‘payadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Kechasi havo harorati 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni esa sezilarli darajada sovuqlashadi, kunduz kungi harorat 8-13 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026
Haqiqiy qish havosi – yanvar oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?
12:10 / 19.01.2026
Hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
15:04 / 16.01.2026