Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi ko‘pkarida «Kamaz» pastlikka harakatlanib ketib «ZIL» bilan to‘qnashdi
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Payariq tumanida o‘tkazilgan ko‘pkari vaqtida «Kamaz» pastlikka harakatlanib ketgan. Oqibatda «ZIL» mashinasi bilan to‘qnashib, uni ag‘darib yuborgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha 2021 yil 14 noyabr kuni 16:00 larda Payariq tumani Polvonariq mahallasi hududida o‘tkazilgan uloq-ko‘pkari paytida «Kamaz» va «ZIL» yuk mashinalari to‘qnashib ketgan.
«Kamaz» haydovchisi mashinani ko‘pkari bo‘lib o‘tayotgan joy atrofidagi balandlikka qo‘ygan va e'tiborsizlik qilib uning qo‘l tormozini tortmagan. Oqibatda mashina pastlikka harakatlangan va «ZIL»ga urilib, uni ag‘darib yuborgan.
Mazkur hodisada hech kim jarohat olmagan. Faqat har ikkala yuk mashina jiddiy shikastlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026