«Yashil makon» loyihasi haqida

Qo‘mita matbuot xizmati rahbariga ko‘ra, «Yashil makon» shunchaki «dolzarb 40 kunlik»da to‘xtab qoladigan loyiha emas. U kelgusi yil bahorida ham davom etadi.

«Yashil makon» loyihasi butun mamlakat bo‘ylab umummilliy harakatga aylangan. Umummilliy loyiha jinsi, irqi, millati, kasbidan qat'i nazar, har bir kishini unga jalb qilish maqsadida e'lon qilindi. «Yashil makon» barpo qilish faqat qaysidir tashkilot, vazirlik yoki amaldorga emas, hammaga kerak.

Hozir barcha xalqaro anjumanlarda ham yashil maydonlarni kengaytirish targ‘ib qilinmoqda. Bu borada yirik davlatlar ham ishlarni boshlab yuborgan.

O‘zbekistonda ham bu harakatlar boshlangan. Masalan, prezident Mirziyoyev prezidentligi davrida ilk bor Mo‘ynoqqa borganida u yerda qum ko‘chkilarining oldini olish maqsadida yashil qalqonlarni barpo qilish ishlarini boshlab bergandi.

Bu bir mavsumda to‘xtab qoladigan loyiha emas, u bahorda ham davom etadi. Ushbu vaqt davomida jami 200 mln tup ko‘chat ekish maqsad qilib olingan», – dedi u.

Ekilgan ko‘chatlarning agronomiyasi haqida

Ozod Rajabovning ma'lumot berishicha, prezident «Yashil makon» loyihasiga start berar ekan, har bir viloyat va tumanda soha mutaxassislaridan iborat alohida shtablar tashkil qilingan.

«Bu shtablar tarkibida nafaqat agronom, balki bog‘bon, ekolog va gidrometrologiya mutaxassislari ham bor. Ularning vazifasi ko‘chat ekish bo‘yicha avval yo‘l qo‘yilgan joy tanlash, ko‘chatni ekish, ozuqa berish va ishlov berish borasidagi xatolarni takrorlamaslik, shuningdek, ko‘chat o‘stirish uchun kerak bo‘lgan suv ta'minotini ta'minlashdan iborat.

Hudud bo‘yicha tuzilgan shtab a'zolari o‘sha hudud yeriga qanday turdagi ko‘chatlar mos kelishini ham o‘zlari tanlaydi. Biz buning uchun respublika bo‘yicha 27 turdagi ko‘chat turlarini tavsiya qilganmiz», – dedi u.

«Yashil makon» loyihasi uchun ko‘chatlarning qaysi mablag‘lar hisobidan sotib olinishi borasida