20:35 / 15.11.2021
1472

Qarshida yonida elektroshoker olib yurgan shaxs aniqlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Qarshi shahrida tunda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda elektroshoker olib yurgan shaxs aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tunda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida reyd tadbirlari o‘tkazilgan.

Tadbirlardan birida shahar hududida tungi vaqtda maqsadsiz yurgan fuqarolar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Ana shu jarayonda fuqaro J.A.ning yonidan elektroshoker qurilmasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.

Mavzuga oid
Top