Andijon viloyati sudi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, fuqaro 2020 yil karantin davrida boşqaruvidagi «Damas» avtomaşinasida oziq-ovqat mahsuloti savdosi bilan şuğullangan. 

Bu orada yaqin tanişi bir million söm miqdordagi qarzini talab qiladi. Yonida puli bölmagan yigit xaridorlardan birining uyiga öğrilikka tuşişni rejalaştiradi. 

2021 yilning 2 mart kuni ertalabki soat 6:00 da Marhamat tumanining "Turon" MFYda istiqomat qiluvçi, avvaldan xaridori bölgan fuqaroning uyiga yaşirinça kirib boradi. Soat 8:00 gaça uy egalari işga ketişini poylab, uyning tom qismida ötiradi. Xonadonda heç kim yöqligiga işonç hosil qilgaç, rejasini amalga oşirişni boşlaydi. 

Bu orada uyga kirib qolgan oila a'zosi Nafisaxon Ahmedova (ism-şarif özgartirildi) öğrini körib, baqirib yuboradi. Har qança urinmasin, qoçişga ulgurmaydi. Öğri uning yuz qismiga muşt tuşirib, harakatiga tobe holatga soladi va özi bilan olib kelgan elektroşoker orqali qörqitadi. 

Nafisa pul talab qilayotgan yigit garçi yuziga niqob kiyib olgan bölsa-da, mahallasiga «Damas» avtomaşinasida kelib, oziq-ovqat mahsuloti savdosi bilan şuğullanuvçi Mansurbek ekanligini tanib qoladi. Unga puli yöqligini aytadi. Bunga javoban yigit uning quloği, böyni va barmoğidagi mavjud tilla taqinçoqlarni talab qiladi. Şu tariqa salkam 10 million sömlik tilla buyumlarni bosqinçilik yöli bilan qölga kiritgan öğri hovlidan devor oşa qoça boşlaganida Nafisaxon Ahmedova baqirib, mahalladoşlarini yordamga çaqiradi. Natijada öğri öşa yerda qölga olinadi.

Jinoyat işlari böyiça Marhamat tuman sudida Mansurbek Mamadaliyevga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.