Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlardagi mahsulotlar narxini onlayn kuzatish imkonini beruvchi platforma ishga tushiriladi
Prezident “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar barcha tumanlar markaziy dehqon bozorlaridagi bug‘doy va boshqa asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini “on-line” tarzda kuzatish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ekinlarni joylashtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning xo‘jaliklar tomonidan bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda g‘alla yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini joriy etish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasini”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Boshoqli don yetishtirish, sotish va bug‘doy narxining shakllanishi bo‘yicha qaror bilan o‘rnatilgan tartibni Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hujjatlari bilan vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta ko‘rib chiqish qat'iyan man etiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026