O‘zbekiston | 20:22 / 17.11.2021
1637
2 daqiqa o‘qiladi

USAID O‘zbekistonga boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholashda yordam beradi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda 2021 yil 15 noyabrdan 7 dekabrgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qish (EGRA) va matematika ko‘nikmalarini baholash (EGMA) bo‘yicha mamlakat bo‘ylab tadqiqot olib boradi. 

Foto: Kun.uz

EGRA va EGMA – umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan modellarga tayanadi. EGRA va EGMA tadqiqoti 937 ta davlat umumta'lim maktabidagi 11 ming nafar o‘quvchining o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz va turkman tillari, shuningdek, ikkinchi til sifatida o‘zbek tiliga oid ko‘nikmalarini baholaydi

Baholash natijalari bo‘yicha to‘plangan aniq ma'lumotlar vazirlik va uning hamkorlariga O‘zbekiston o‘quvchilarining ta'limda muvaffaqiyatga erishish, jamiyatning faol hamda samarador a'zosiga aylanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar hisoblangan o‘qish va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid aniq, asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum shunday dedi: «Biz ta'limga sarmoya kiritishni har bir mamlakat bajara oladigan eng muhim amal deb hisoblaymiz. Yosh avlodga investitsiya kiritish kelajakka investitsiya kiritish demakdir. Biz Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda amalga oshirayotgan ushbu loyiha butun O‘zbekiston bo‘ylab 3- va 5-sinf o‘quvchilarining o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholashga yordam beradi. Baholash ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu fanlarni o‘qitishga to‘g‘ri investitsiya kiritish imkonini beradi».

Bugungi kunga qadar USAID EGRA va EGMA baholash tadqiqotini 40 dan ortiq mamlakatda o‘tkazib, to‘plangan ma'lumotlar ushbu mamlakatlarga o‘z o‘quvchilarining o‘qish va matematika bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam bergan.

 

Mavzuga oid