Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Yevroittifoqqa 2 ming qochqin uchun Germaniyaga gumanitar yo‘lak ochishni taklif qildi
Aleksandr Lukashenko Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel bilan telefon orqali suhbati davomida ana shunday taklifni ilgari surgan.
Foto: Kremlin Pool / Global Look Press
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevropa ittifoqiga chegarada to‘plangan ikki ming nafar qochqin uchun Germaniyaga gumanitar yo‘lak ochish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel bilan telefon orqali suhbati davomida ana shunday taklifni ilgari surgan.
«Biz imkon boricha qolgan 5 ming nafar migrantni vataniga qaytarish uchun hamkorlik qilish majburiyatini zimmamizga olamiz. Angela Merkel kelishuvga ko‘ra, YeI bilan jumladan, Germaniyaga gumanitar yo‘lak ochish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Afsuski, 400ga yaqin qochqin vataniga qaytishga rozi bo‘ldi. Aniqrog‘i, bugungi samolyotda 374 yo‘lovchi, asosan Iroq fuqarolari uchib ketdi. Qolganlari esa g‘arbiy Yevropaga, birinchi navbatda Germaniyaga gumanitar yo‘lak ochishni talab qilmoqda», — dedi Eysmont.
Uning ta'kidlashicha, YeI hozircha bergan birorta va'dasini bajarmagan.
Minsk Belarus hududida 7 mingga yaqin qochqin borligini ma'lum qilgandi.
Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan qochqinlar Belarus-Polsha chegarasiga to‘plangan va YeI hududiga o‘tishga urinmoqda.
Mavzuga oid
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
09:04 / 10.01.2026
Tehron Yevropa davlatlarini “ikkiyuzlamachilik”da aybladi
14:26 / 09.01.2026
GFR maxsus xizmati: Rossiya Germaniyada qurol-yarog‘ uchun texnologiyalar sotib olishga urinmoqda
12:53 / 09.01.2026