O‘zbekiston | 10:08 / 19.11.2021
7500
1 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasiga olinadi

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Foto: Kun.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma'ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid