23:09 / 19.11.2021
1673

Sirdaryoda yo‘l transport hodisasi oqibatida Nexia yonib ketdi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Nexia yonib ketdi. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB ma'lum qildi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 14:25 larda Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida haydovchi A.N. boshqaruvidagi Nexia hamda haydovchi N.Q. boshqaruvidagi «Zil-MMZ 554» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Nexia avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

To‘qnashuv va yong‘in oqibatida Nexia haydovchisi A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top