Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida bölib ötgan. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev iştirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni sohalar böyiça birma-bir tanqidiy tahlil qilgan.
Sessiyada viloyat hokimining Orif Rahmonqulovni Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlangan.
Orif Raxmonkulov 1983 yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tuğilgan. 2010 yilda Toşkent moliya institutini bakalavr darajasini, 2012 yilda magistraturani tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit.
U tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boşqaruvçisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
2023 yil oktyabr oyidan Mirzaobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Sarvar Sultonov avvalroq prezident rahbarligida ötkazilgan yiğilişda işdan olingan edi.
Oldinroq Navoiy viloyatining Uçquduq tumaniga ham bank rahbari hokim qilib tayinlangani habar qilingandi.











