Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani bölimi boş inspektori öz xizmat mavqeidan foydalangan holda 1975 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirgan. U özining mansabdor tanişlari orqali fuqaroning yaşaş xonadoniga oid kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib beriş va uşbu hujjatlarni belgilangan muddatdan oldin tayyorlab beriş evaziga 1500 AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda boş inspektor 1000 AQŞ dollari va 6 million 50 ming söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan bu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar beriş söraldi. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.