O‘zbekiston | 16:12 / 19.11.2021
13279
4 daqiqa o‘qiladi

Ziroat Mirziyoyeva: «Barcha bolalarning huquqlari va erkinliklari bir xil darajada kafolatlanishi lozim» 

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon bolalar kuniga hamda YUNISEFning 75 yilligiga bag‘ishlangan «Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziyani ta'minlash» deb nomlangan yuqori darajadagi xalqaro forumda qatnashdi. 

Foto: Zamin fondi

Forum ishi nogironligi bo‘lgan bolalar duch keladigan qiyinchiliklarni yengish va ularning o‘sishi, o‘z salohiyatini to‘liq amalga oshirishi uchun inklyuziv hamda qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga qaratilgan.

«Barcha bolalarning huquqlari va erkinliklari bir xil darajada kafolatlanishi lozim. Ularning manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Dunyodagi har bir bola bunga loyiqdir. Nogironligi bo‘lgan bolalar jamiyatning to‘laqonli a'zolaridir. Ularning faol va maroqli hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shubhasiz, juda muhim», dedi o‘z nutqida Ziroat Mirziyoyeva.

«Barcha bolalarning huquqlari va erkinliklari bir xil darajada kafolatlanishi lozim. Ularning manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Dunyodagi har bir bola bunga loyiqdir. Nogironligi bo‘lgan bolalar ham jamiyatning to‘laqonli a'zolaridir. Ularning faol va maroqli hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shubhasiz, juda muhim», dedi o‘z nutqida «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

Foto: Zamin fondi

Forumda Ziroat Mirziyoyeva va Afshan Xan nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish bo‘yicha umummilliy kampaniya boshlanishini e'lon qildi.

«To‘siq bu - harakatga to‘g‘onoq bo‘luvchi cheklovlar emas. To‘siq - ongimizda. Uni yo‘qotish uchun avvalo to‘g‘ri tushuncha va qarashlarni shakllantirish, o‘zaro ishonch va hamjihatlik zarur. Biz, jismoniy, ijtimoiy holatimizdan qat'i nazar, hamma insonlar teng ekanligini inkor etmasligimiz lozim.

Shu o‘rinda, YUNISEF bilan hamkorlikda mana shunday xayrli maqsadlarga xizmat qiladigan axborot kampaniyasini boshlayotganimizni e'lon qilmoqchiman.

Foto: Zamin fondi

Men keng jamoatchilik, hukumat a'zolari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati vakillarini nogironligi bo‘lgan bolalarni jamiyatdan ajratib qӯyish holatiga barham berishga va bu yo‘lidagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Bu jarayonda, muammolarni bartaraf etib, inklyuziyaga keng yo‘l ochishda har birimizning ishtirokimiz muhim!» - dedi Ziroat Mirziyoyeva.

16 noyabr kuni YuNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Foto: Zamin fondi

16-21 noyabr kunlaridagi tashrif davomida Afshan Xan O‘zbekiston hukumati va YuNISEF o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalarni muhokama qilish uchun yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashmoqda. 

Foto: Zamin fondi

Poytaxtda va Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda mamlakatda bolalar huquqlarini amalga oshirish, aholi ijtimoiy himoyasi va bolalarni himoya qilish tizimi, ona va bola salomatligi, sifatli va inklyuziv maktabgacha va o‘rta ta'lim, iqlim o‘zgarishining bolalar va yoshlarga ta'siri, COVID-19 ga qarshi kurash masalalarining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy jihatlariga e'tibor qaratilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid